AsosiyJamiyat

Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi – Senat Raisi

'Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi – Senat Raisi'ning rasmi

Senat Raisi Tanzila Narbaeva parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida mamlakatimizda nogironligi bo`lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarga to`xtaldi.

– O`tgan galgi yalpi majlisimizda “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonun ma`qullangan edi, – dedi Senat Raisi T.Narbaeva. – Kuni kecha Prezidentimiz mazkur Qonunni imzoladi. Ta`kidlash joizki, Qonun bilan yillar davomida yig`ilib qolgan muammolarga echim topildi. Sohadagi normativ asosning zaifligi, ko`plab bo`shliqlarning mavjudligi tufayli jamiyatimizda nogironligi bo`lgan shaxslar ko`plab muammolarga duch kelardi. Bu – nogironlikni qayd etish jarayoni, ularni ijtimoiy hayotga integrasiya qilish, to`siqsiz muhitni yaratish kabi masalalarda ko`p kuzatilar edi.

Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi. Muammolarni tezda bartaraf etish lozim. Mas`ul idoralar ushbu yo`nalishda tezkor amaliy choralar qabul qilish shart.  

Masalaning dolzarb bo`lgani bois Senat nazoratida saqlanadi. Mutasaddi vazirlik va idoralarning bu borada amalga oshirgan ishlari Oliy Majlis yuqori palatasi majlislarida muhokama qilib boriladi.

    Boshqa yangiliklar