AsosiyJamiyat

Sanoat mahsulotlari tannarxini tushirish kerak — Prezident

'Sanoat mahsulotlari tannarxini tushirish kerak — Prezident'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, kecha, 21 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar muhokamasi bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

– Sanoat korxonalari boshqaruv tizimida muammolar bor. Mahsulotlar tannarxini tushirish kerak. Bu raqobat muhitini yaratishning muhim asosidir, – deya ta`kidladi Prezident.

Avval neft-gaz tarmog`idagi ishlar tahlil qilindi. Qoloqlikka yo`l qo`ygan korxonalar faoliyati tanqidiy baholanib, rahbarlarning lavozimlariga loyiqlik masalasi ko`rib chiqildi.

Yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko`paytirish, ichki bozorga qo`shimcha gaz etkazib berish bo`yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 740 ming tonna neft va kondensat qazib olish, 203 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar