Rustam Sa`dievning “Baron” nomli filmi haqidagi intervyumizni sal avvalroq hukmingizga havola qilgan edik. Katta ekranlarga qachon chiqadi deya muxlsilar murojaat qilishgani sababli film rejissyori Rustam Sa`diev bilan bog`lanib, filmning katta ekranlarga chiqish vaqtini so`radik.
Rustam Sa`diev: “Film namoyishi kunini aniq ayta olmayman, bu bir menga bog`liq emas. Ammo mazkur oyda premera qilish rejamizda bor.”
Eslatib o`tamiz, mazkur filmda G`asson Mas`ud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy hamda “Brigada” filmida o`ynagan Farhod Mahmudov, O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, Ulug`bek Qodirov, Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulhairov, Bekzod Hamroev, Habibulla Nizomov, Dilnoza Kubaeva, Shahlo Temirova, Jamila G`ofurova, Shahzoda Matchonova, Dilorom Egamberdieva kabi aktyorlarni ko`rishimiz mumkin bo`ladi.