AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi

'Toshkent viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Bahodirbek Mullaxonov bugun vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

"Ajoyib inson, kamtar va bilimli rahbar Bahodirbek Mullaxonov mehnat faoliyati davomida xalq xo`jaligining turli sohalarida sidqidildan mehnat qilgan. Xususan, yurtimizda bank-moliya sohasining rivojlanishida uning munosib xizmatlari borligini soha xodimlari yaxshi bilar va chuqur qadrlar edi.  

U Toshkent viloyati hokimligida ishlagan nisbatan qisqa muddatda ko`plab ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga boshchilik qilgan, hamkasblari o`rtasida ardoqli ustoz va do`st sifatida katta hurmat qozongan edi.  

Bahodirbek Mullaxonovning oila a`zolari, yaqinlari va safdoshlariga chuqur ta`ziya bildiramiz. Hamkasbimiz va do`stimiz, ajoyib inson Bahodirbek Mullaxonovning yorqin xotirasi qalbimizda bir umr saqlanib qoladi",- deya ta`ziya izhor qilgan Toshkent viloyati hokimligi jamoasi.

    Boshqa yangiliklar