AsosiyJamiyat

Toshkentga Xebey provinsiyasidan birinchi muntazam xalqaro yuk poezdi kelmoqda

'Toshkentga Xebey provinsiyasidan birinchi muntazam xalqaro yuk poezdi kelmoqda'ning rasmi

12 oktyabr kuni soat 21:00 da xalqaro yuk poezdi Shiszyachjun shahridagi aqlli portdan O`zbekiston poytaxti Toshkentga yo`l oldi. Bu haqda uzdaily.uz yozmoqda. 

50 vagondan tashkil topgan poezdda dori-darmonlar, velosipedlar, avto ehtiyot qismlari, sanoat uskunalari qismlari va boshqa yuklar joy olgan. Poezdning 25 oktyabr kuni Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.

Muntazam parvozlar yo`lga qo`yilgandan so`ng, Shiszyachjunga har oy kamida 12 ta doimiy Xitoy-Evropa (Markaziy Osiyo) poezdi jo`nab ketadi, har bir yo`nalish uchun kamida 4 ta poezd beriladi (qaytish reyslari bundan mustasno), deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar