AsosiyJamiyat

Beshariq tumanida haydovchi buldozerlar orasida qisilib qolib, vafot etdi

'Beshariq tumanida haydovchi buldozerlar orasida qisilib qolib, vafot etdi'ning rasmi

Beshariq tumani. 21 oktyabr kuni fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Shantui SD16” rusumli buldozerida Novkat qishlog`ida joylashgan D.M. ga qarashli baliq ko`l hududida loyda botib qolgan X.A boshqaruvidagi “Shantui SD16” rusumli buldozerini tortayotgan vaqtida orqaga harakatlantirib yuborishi oqibatida, haydovchi X.A. buldozerlar orasida qisilib qolib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, I.F.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yo`l harakati qoidalarini buzmasliklarini so`rab qoladi. 

                  
 

    Boshqa yangiliklar