Hodisa bugun, 22 oktyabr kuni soat 07:35 da «Toshkent-O`sh» xalqaro avtomobil yo`lining 200 km.da sodir bo`lgan.
Poytaxt tomon yo`l olgan «KIA» yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yon tomoniga ag`darilib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv bo`limi qutqaruvchilari haydovchiga birinchi yordam ko`rsatishdi.
Uning qo`lidan olgan jarohati jiddiy bo`lmaganligi sababli shifoxonaga yotqizilmagan. Avtomobil esa texnika yordamida eng yaqin xizmat ko`rsatish shaxobchasiga olib borilgan.
Ichki ishlar vazirligi yo`l-patrul xizmati xodimlari ham ushbu jarayonda o`zlarining yordamlarini ko`rsatdilar.






