AsosiyJamiyat

Umumta`lim fanidan beriladigan sertifikat OTMga kirish imtihonida o`sha fandan maksimal ball bermaydi – DTM

'Umumta`lim fanidan beriladigan sertifikat OTMga kirish imtihonida o`sha fandan maksimal ball bermaydi – DTM'ning rasmi

Davlat test markazining AOKAdagi matbuot anjumanida ma`lum qilishicha, umumta`lim fanlaridan beriladigan milliy sertifikat kirish imtihonida o`sha fandan maksimal ball emas, natijaning teng foizini beradi.

"Masalan, matematika fanidan sertifikat uchun imtihon topshirgan abiturient 60 foiz ball to`plasa, unga OTM kirish imtihonida ham maksimal ballning 60 foizi beriladi. Shu sababli sertifikat uchun imtihonda abiturient yuqoriroq ball to`plashga harakat qilishi kerak", - dedi DTM yuristi Guljahon Madrahimova.

Lekin sertifikat uchun savollar kirish imtihoni testlariga qaraganda murakkabroq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar