AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 113 million so`mlik tibbiy buyumlar va virusblokatorlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Sirdaryoda 113 million so`mlik tibbiy buyumlar va virusblokatorlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish  va bojxona auditi  bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda dori-darmon vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi  Axborot xizmati darakchi.uz ma`lum qildi.  

Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.B.boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirilgan.

Natijada, ushbu avtomashinada umumiyqiymati 113 million so`mlik, sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalari va virusga qarshi blokatorlar borligi aniqlandi. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar