AsosiyJamiyat

Uyidan chiqib ketib, qaytmagan 18 yoshli toshkentlik qiz qidirilmoqda

'Uyidan chiqib ketib, qaytmagan 18 yoshli toshkentlik qiz qidirilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, 2002 yilda tug`ilgan Abzalova Fotima Mahmudjon qizi joriy yilning 14 avgust kuni Olmazor tumani, Shifonur ko`chasi, 71 uy manzili bo`yicha joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

IIBB Fotimani ko`rganlar bo`lsa, ma`lumotlarni Olmazor tumani IIO FMBga quyidagi raqamlar orqali ma`lum qilishingizni so`ramoqda: 71-230-50-85, 71-230-50-86 ili 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50.

Qizning belgilari: bo`yi - 170-175 sm., qaddi-qomati o`rtacha, sochlari uzun och jigar rang, ko`zlari to`q qora, lablari, quloqlari o`rtacha, iyagi to`g`ri.

Kiyimlari: oq-qora xol-xol gulli ko`ylak, qora shippak.

 

    Boshqa yangiliklar