AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda karantin markazida og`ir ahvolda yotgan otaxonga dori-darmon berilmaganmidi?

'Qashqadaryoda karantin markazida og`ir ahvolda yotgan otaxonga dori-darmon berilmaganmidi?'ning rasmi

Telegram_Yulduzlari kanalida Qarshi shahridagi sport kollejida tashkil etilgan karantin markazida og`ir ahvolda yotgan bemorning o`g`lining  videomurojaati e`lon qilindi. Unda  qayd etilishicha, yigitning otasiga etarli darajada dori-darmonlar berilmagan, oqibatda ularning o`zlari dori-darmon keltirib berishga, shuningdek, markazdan chiqib ketishga majburlangan ekan.  

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmatining ushbu voqeaga berilgan munosabatida aniqlanishicha, murojaatda qayd etilgan bemor A.A. 1936 yil tug`ilgan. Joriy yilning 14 oktyabr kuni Qarshi Olimpiya zahiralari sport kollejidagi “SOVID-19” Caralash va davolash markaziga murojaat qilib kelgan. Bemor anamnezida qayd etilishicha, bir necha kundan buyon uyida ambulator sharoitda davolangan. Holati yaxshilanmaganligi sababli markazga murojaat qilgan va tekshiruvlardan so`ng yotqizilgan.  

Munosabatda bemor hozirda SSV tomonidan tasdiqlangan standartda ko`rsatilgan laborator va instrumental tekshiruvlardan o`tkazilgan va standartda ko`rsatilgan davo muolajalarini olmoqda. Hech qanaqa dori-darmon olib kelish aytilmagan. Bemorda qonning umumiy tahlili, qonning bioximik tahlili, qonda qand miqdori, qon ivish vaqti, koagulogramma, S-reaktiv oqsil,  D demir, prokalsitonin, ferritin laborator tekshiruvlari, EKG va ko`krak qafasi rentgenoskopiyasi instrumental tekshiruvlari o`tkazilgan. 16 oktyabrda  “SOVID-19” analizi olinganda bemorda “manfiy” natija aniqlangan.  

Bemor holati bo`yicha videomuloqot konferensiyalari asosida mutaxassislar bilan davo muolajalari maslahatlashib turilgan. “SOVID-19”ga topshirgan analizi “manfiy” chiqqanligi sababli bemorga Respublika Ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga o`tib davolanishni davom ettirishi tavsiya qilingan. Lekin bemor va ularni qarindoshlari tomonidan bu tavsiyaga rad javobi berilgan.  

Markaz viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasining 2020 yil 16 oktyabrdagi ko`rsatma xati asosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish uchun vaqtincha yopilgan, bemorlarni qabul qilish to`xtatilgan. Biroq hozirgi kunda 6 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar