AsosiyJamiyat

Adliya vazirligidan davlat tilida yozilmagan 242 ta idoraviy normativ - huquqiy hujjatlari davlat ro`yxatidan o`tkazilgan

'Adliya vazirligidan davlat tilida yozilmagan 242 ta idoraviy normativ - huquqiy hujjatlari davlat   ro`yxatidan   o`tkazilgan'ning rasmi

Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetovning ma`lum qilishicha, o`zbek tiliga rasman davlat tili maqomi berilganiga 30 yildan ziyod vaqt o`tgan bo`lsada, hanuzgacha ish hujjatlarini rus tilida yuritish   holatlariga  chek  qo`yilmagan. 

Bunday holatlar huquqiy hujjatlarni davlat tilida qabul qilinishi haqidagi talablarni   buzish   holatlariga   ham   barham   berilmagan.

-- Xususan, Adliya vazirligidan vazirlik va idoralarning davlat tilida yozilmagan 242 ta idoraviy normativ - huquqiy hujjatlari davlat   ro`yxatidan   o`tkazilganligi, vazirlik va idoralar hamda ularning quyi tizimlarida ichki idoraviy   buyruq   va   farmoyishlarni   qabul  qilishda 1 149 ta holatda hujjatlarni davlat tilida qabul qilmaslik holatlariga yo`l qo`yilgan.

Shuningdek, qonun talabiga ko`ra, hisob - kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi lozim bo`lsada, hozirda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralarda buxgalteriya, hisob - kitob ishlarini yuritish “UzASBO” elektron   dasturi   orqali   to`liq   rus   tilida   yuritilmoqda.

Ayrim holatlarda ish hujjatlarini yuritishda o`zbek tilining ilmiy qoidalariga rioya etilmay, ko`plab imloviy va boshqa xatolarga yo`l   qo`yilayotganligi   aniqlandi.

Bu borada qonun buzilishlar (5  mingdan ortiq) asosan xalq ta`limi, maktabgacha va oliy ta`lim muassasalari, bandlik, sog`liqni   saqlash   hamda   boshqa   idoralar   faoliyatida   aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar