AsosiyJamiyat

Hokimliklarda til bo`yicha maslahatchilarning 115 nafari boshqa mutaxassislik egasi

'Hokimliklarda til bo`yicha maslahatchilarning 115 nafari boshqa mutaxassislik egasi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi 34 - sonli qarori bilan davlat boshqaruvi organlari, viloyat va tuman (shahar) hokimliklarida maslahatchi lavozimini joriy etish   belgilangan.

Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetovning ma`lum qilishicha, Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo`ston, Izboskan, Marhamat, Oltinko`l, Paxtaobod, Tayloq, Ulug`nor, Farg`ona, Qo`rg`ontepa tumanlari va Xonobod shahar hokimliklarida bunday lavozim joriy etilmagan bo`lsa, Boyovut, Jarqo`rg`on, Zangiota, Romitan, Sirdaryo, Forish tumanlari va Guliston, Shirin, Yangier shaharlarida maslahatchi   shtati   xodim   bilan  to`ldirilmagan.

"-- Maslahatchi lavozimiga ustuvor ravishda filolog (o`zbek tili) va jurnalistika mutaxassisligi bo`yicha oliy ma`lumotli shaxslar tayinlanishi lozim bo`lsada, hokimliklardagi maslahatchilarning 115 nafarini boshqa mutaxassislikka ega shaxslar tashkil   etgan.

Masalan, Buxoro viloyati hokimligida kimyo fani o`qituvchisi, Toshkent shahar hokimligida menejment, Chimboyda chizmachilik, Paxtakorda er usti transport tizimlari, G`allaorolda muhandis - quruvchi, Zarbdor va Mirzacho`lda muhandislik - kommunikasiyalari   mutaxassisligiga   ega   xodimlar   faoliyat  yuritmoqda," deydi M.Tursunmetov.

    Boshqa yangiliklar