AsosiyJamiyat

O`zbek tilini mensimaydigan teleboshlovchilar shevada, jargon va xorijiy so`zlarni qo`shgan holda dasturlarni   olib   borishda davom etmoqda

'O`zbek tilini mensimaydigan teleboshlovchilar shevada, jargon va xorijiy so`zlarni qo`shgan holda dasturlarni   olib   borishda davom etmoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura boshqarma prokurori Murodulla Tursunmetovning ma`lum qilishicha, televidenie va radio eshittirishlarda til qoidalarini qo`pol ravishda buzib, shevada, jargon va xorijiy so`zlarni qo`shgan holda dasturlarni   olib   borish   holatlari   ko`plab   yo`l qo`yilmoqda.

" - Jumladan, xususiy telekanallardagi “Xontaxta”, “Bojalar community”, “Boriga baraka”, “O`zing tanla”, “Aristokratlar”, “Xafa bo`lish yo`q”, “Boyvachcha shou”, “Sitro shou”, “Omad shou”, “Dugonalar shou” kabi keng auditoriyaga ega dasturlar boshlovchilari doimiy ravishda shevada va xorijiy so`zlarni   qo`shgan   holda   dasturlarni   olib   bormoqda.

O`rganishlar natijasiga ko`ra, prokuratura organlari tomonidan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 296  ta taqdimnoma kiritildi, 54  nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 7  nafar mansabdor shaxs qonun talablarini buzmaslik haqida ogohlantirildi. Davlat tili haqidagi qonun hujjatlari targ`iboti bo`yicha 533 ta tadbirlar   tashkil   etildi. 

Xulosa o`rinida ta`kidlash lozimki, tilga bo`lgan e`tibor millatning ertangi kuni, kelajagi hamda boshqa millat va elatlar oldidagi nufuzini belgilaydi.

Shunga ko`ra, davlat tili haqidagi qonun talablariga so`zsiz rioya qilish, uni hurmatlash va e`zozlash har birimizning fuqaro sifatidagi insoniy burchimizdir," deydi 

    Boshqa yangiliklar