Poytaxtimizning Mirobod tumanida 32 xonadondan iborat 2 ko`p qavatli uy bunyod etildi. Ushbu zamonaviy uylar ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida erishgan ulkan yutuqlari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo`shayotgan, O`zbekistonimiz sharafini jahon miqyosida ulug`layotgan iqtidorli yoshlarga berildi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, otaxon va onaxonlar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari ishtirok etdi.
2015 yilda poytaxtimizning Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanlarida namunaviy loyiha asosida beshta «Kamolot» uyi bunyod etilib, 160 yosh oilaga topshirilgandi.





