Namanganda 20 yoshli yigit tovlamachilik bilan qo`lga tushdi. Uning jinoiy qilmishi haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o`tar kechasi, Namangan viloyati Uchqurg`on shahrida istiqomat qiluvchi 20 yoshli A.S., Uchqo`rg`on shahri “Ko`prikboshi” MFYda istiqomat qiluvchi 21 yoshli Sh.A.,ga qo`ng`iroq qiladi. Unga 2017 yilda “Toxir” ismli shaxs bilan janjallashgan holati tasvirga tushirilgan videoni telegramm ijtimoiy tarmog`idagi guruhlarda tarqatib yuborishini aytib, tasvirni fuqaro Sh.A.,ning telefoniga yuborib, uning uchun sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni oshqor qilish bilan qo`rqitadi.U ushbu videoni tarqatib yubormaslik evaziga Sh.A.,dan 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib, olayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Sh.A.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






