2020 yil 23 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 633 (+115) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
-6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-10 nafari Andijon viloyatida,
-13 nafari Buxoro viloyatida,
-4 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
-7 nafari Samarqand viloyatida,
-12 nafari Sirdaryo viloyatida,
-19 nafari Surxondaryo viloyatida,
-7 nafari Xorazm viloyatida,
-12 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 61 734 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 358 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






