AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun 3 ta avtobus jo`nab ketdi

'O`zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun 3 ta avtobus jo`nab ketdi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasidan O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan hamyurtlarimizni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 22 oktyabr kuni 3 ta avtobus Ekaterinburg shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga etib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Ekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar O`zbekistonga olib kelinadi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog`iston hamda Rossiya Federasiyasi tomonidan qo`yilgan talablarga qat`iy amal qilgan holda bajarilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar