IIB xodimlari fuqaroni do`pposlashgani va uning jurnalistligini bilgach muomalasini o`zgartirgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Voqea Toshkent shahrida bo`lib o`tgan.
So`ng Poytaxt IIBB jurnalistning kaltaklangani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ayni paytda ushbu hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda. Shu bilan bir vaqtda mas`ul tashkilotlar liderlari ham bu borada o`z munosabatlarini bildirishmoqda. Jumladan Komil Allamjonov telegramdagi kanalida shunday deb yozmoqda:
"Kuni kecha jurnalist Alisher Ro`zioxunov bilan bo`lib o`tgan holatdan biz xavotirdamiz. Jurnalist o`z sahifasida yozgan gaplari rost bo`lsa, uni haqiqatda ham ichki ishlar xodimlari dubinka bilan kaltaklagan bo`lsa, biz ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazib, masalaga oydinlik kiritilishini, aybdorlarga nisbatan jazo chorasi qo`llanilishini O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan so`raymiz. Jurnalist tomonidan qonun buzilgan taqdirda ham unga nisbatan qo`l ko`tarilishi mumkin emas. Va qonun barcha uchun barobar bo`lishi kerak. Ushbu holatni biz diqqat bilan kuzatib boramiz".






