Oxirgi yillarda gazetaga obuna bo`lganlarning 74 foizi — yuridik shaxslar, 26 foizi jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda "O`zbekiston pochtasi" AJ "Matbuot tarqatish" filiali direktori Ozodbek Hojiev AOKAda o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
«2021 yil obuna mavsumi uchun istalgan bir hududdan boshqa hududlar uchun ham obunani rasmiylashtirish imkoni yaratildi. Shuningdek, 2021 yildan boshlab, tahririyatlar bilan o`z vaqtida hisob-kitob qilish, obunachilarning yagona bazasini yaratish bo`yicha ish olib borilyapti.
Endi obuna uchun to`lov mablag`lari markazlashgan holda "Matbuot tarqatish" filiali hisob-raqamiga kelib tushadi. Bu esa tahririyatlar bilan o`z vaqtida hisob-kitob qilish ishini osonlashtiradi.






