AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududida bugun tongda zilzila qayd etildi

9 yanvar kuni tonggi soat 4:02 da O`zbekiston hududida er silkinishi qayd etildi.

Epimarkaz koordinatalari: 40,98 daraja shimoliy kenglik, 68,79 daraja sharqiy uzunlik. Zilzila magnitudasi Ms - 3,6 tashkil qildi.

Zilzila o`chog`i 10 km chuqurlikda joylashgan. Toshkent shahrida zilzila 3 ballni tashkil qildi, deya xabar beradi O`zFA qoshidagi Seysmologiya instituti.

RIA Novostining xabar berishicha, O`zbekiston hududida magnitudasi 5,1 tashkil qilgan zilzila qayd etilib, uning kuchi Qozg`istonning Chimkent shahrida 2 ballni tashkil qilgan.

Eslatib o`tamiz, 8 yanvar kuni Toshkentda 2 balli zilzila qayd etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar