AsosiyJamiyat

"Ustoz-2020" milliy mukofotida ishtirok etish uchun arizalar qаbuli boshlandi! G`oliblar Dubayga boradi

'"Ustoz-2020" milliy mukofotida ishtirok etish uchun arizalar qаbuli boshlandi! G`oliblar Dubayga boradi'ning rasmi

Bugun AOKAda "Ustoz-2020" milliy mukofotini tashkillashtirishga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Qayd etilishicha, «Ustoz-2020» Milliy tanlovi g`oliblari ilk bor o`qituvchilar tomonidan saralanadi. G`oliblar Dubayda bo`lib o`tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Joriy yilda ilk bor "Yilning eng yaxshi o`qituvchisi" tanlovi o`zgacha shaklda o`tkaziladi. Tanlovda tizimli islohot qilish uchun xalqaro tajriba asosida tanlovni bu yildan boshlab vazirlik xodimlari emas, aynan o`qituvchilar o`tkazadi.

Tanlovning asosiy tashkilotchisi sifatida O`zbekiston tarixida ilk bor “O`qituvchilar uyushmasi” nodavlat tashkiloti ishtirok etadi.  

Tanlovning 6 ta nominasiya bo`yicha g`oliblarning har biriga 30 mln so`m mukofot puli beriladi hamda g`oliblar har yili Dubay shahrida bo`lib o`tadigan Global Teacher Prize 2021 taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritadi.  

Tanlov ilk bor har yili o`tkazib kelinadigan Global Teacher Prize mukofotini va 36 ta mamlakatda o`qituvchilarning milliy musobaqalarini o`tkazishga yordam beradigan Varkey Foundation xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o`tkaziladi.  

️Tanlovda qatnashmoqchi bo`lgan barcha o`qituvchilar bir vaqtning o`zida www.ustozmukofoti.uz veb-saytiga ariza yuborishlari mumkin va tanlov ma`lum bir geografik hududga tegishli bo`lishidan qat`i nazar amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, hozirgi paytda o`qituvchilar o`z fanlari bo`yicha bilimlar bilan emas, balki o`quvchilar bilan aloqa o`rnatish qobiliyati, etakchilik, jamiyatdagi faol fuqarolik pozisiyasi, ijodkorlik, o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu bilan birga ularni jahon hamjamiyatining bir qismi sifatida his qilishlariga yordam berish kabi mezonlar bo`yicha raqobatlashmoqdalar.

 Arizalar faqat www.ustozmukofoti.uz veb-saytida qabul qilinadi va shaffoflikni ta`minlash uchun tanlov mezonlari va shartlari to`g`risidagi barcha ma`lumotlar hamda barcha ishlar namoyish etiladi.  

Tanlov joriy yilning 22 oktyabridan 16 dekabrgacha o`tkazilib, pandemiya sharoitida tanlovning 3 bosqichidan 2 tasi onlayn tarzda o`tkaziladi. So`nggi bosqichda 30 nafar finalga chiqqanlar Toshkent shahriga kelib, Toshkent viloyatidagi tog`larda joylashgan oromgohida 5 kunlik tadbirda mazmunli vaqt o`tkazishlari mumkin. Ko`ngilochar tanlovlar, jamoaviy o`yinlar, Amirsoyga sayohat, toza havoda o`yinlar va dam olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Shundan so`ng g`oliblar poytaxtga qaytib, tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etadilar.

 

    Boshqa yangiliklar