AsosiyJamiyat

Buxoroda shartnoma shartlarini bajarmagan qarzdorlardan salkam 6 mlrd. so`m undirildi

'Buxoroda shartnoma shartlarini bajarmagan qarzdorlardan salkam 6 mlrd. so`m undirildi'ning rasmi

Mazkur qarzdorlik undiruvi haqida MIB xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonunining 19-moddasida taraf shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, talabnoma bildirmay ham iqtisodiy sudga da`vo arizasi berilishi hamda sud buyrug`ini olish uchun ariza taqdim etilishi mumkinligi belgilangan.

Xuddi shu mazmundagi, Byuroning Olot tumani bo`limi ish yurituviga Qorako`l tumanlararo iqtisodiy sudining 29.09.2020 yildagi qarzdor “Merganteks” mas`uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “G`ijduvon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 2 mlrd. 236 mln. 590 ming so`m;

-“Kogon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 160 mln. 343 ming so`m;

-MIB Qorako`l tumani bo`limi ish yurituviga Qorako`l tumanlararo iqtisodiy sudining 29.09.2020 yildagi qarzdor “Qorako`l Kumush kalava” MChJdan undiruvchi “G`ijduvon paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 1 mlrd. 473 mln. 555 ming so`m;

-MIB G`ijduvon tumani bo`limi ish yurituviga G`ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 29.09.2020 yildagi qarzdor “Parvoz Humo Ravnaq Trans” MChJdan undiruvchi “Buxoro urug`chilik” MChJ foydasiga 2 mlrd. 11 mln. 387 ming so`mni undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarning tegishli hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborilib, jamiyat rahbar xodimlari qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda bartaraf etishlari to`g`risida ogohlantirildi.

Buning natijasida, qarzdorlardan salkam 6 mlrd. so`m mablag` undirilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar