Shu yilning 23 oktyabr kuni mamlakatimizda 293 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 542 nafarga etdi. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg`ona, Buxoro, Xorazm viloyatlarida 299 nafar bemor tuzaldi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 64811 nafar bemordan 62033 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 236 nafar bemordan 282 nafari og`ir, 78 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. |
24.10.2020 00:12
23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 293 nafarni, vafot etganlar 2 nafarni tashkil qildi
