2016 yilning ilk birja haftaligida dunyoning 400 nafar boylari qariyb 194 milliard dollar yo`qotdi.
Bu Xitoyda neft narxi tushgani sababli ro`y berdi. Eng katta yo`qotish Amazon internet-magazini asoschisi Jef Bezosda bo`ldi, uning boyligi 5,9 milliarda dollarga kamaydi, deya xabar beradi Bloomberg.
Ushbu hafta Amerika fondi uchun 2011 yildan beri bunday yomon bo`lmagandi. 47 nafar milliarder bir va undan ko`p milliard dollar yo`qotdi. Umumiy yo`qotishlar 2015 yilning ilk haftasidan etti marta ko`p.
Dunyoning eng boy odami, Microsoft asoschisi Bill Geyts 4,5 milliard dollar yo`qotdi. Zara tarmog`i asoschilaridan biri ispaniyalik Amansio Ortega 3,4 milliard yo`qotdi, va endi uning boyligi 69,5 milliard dollarni tashkil qiladi.
Fond bozoridagi bunday noxush holatga qaramay Bloomberg ro`yhatidagi 11 nafar milliarder o`z pullarini ko`paytirgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Bloomberg ro`yhatiga kirgan 400 nafar milliarderning umumiy boyligi 3,7 trillion dollarga teng, bu esa Germaniya YaIM bilan barobar.