AsosiyJamiyat

Xorijdan qaytgan 50 nafar mehnat migrantlari tadbirkorlikka o`qitildi

'Xorijdan qaytgan 50 nafar mehnat migrantlari tadbirkorlikka o`qitildi'ning rasmi

EXHTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlikka o`qitish, ichki mehnat bozoriga reintegrasiya qilish masalalari bilan ishlovchi mehnat organlariga metodik ko`nikmalarni berish yuzasidan qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil etilgan edi.

Rejaga ko`ra, mamlakatimiz bo`yicha 150 dan ziyod fuqarolarni o`qitish rejalashtirilgan. O`quv kurslari Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida yuqori malakali trenerlar ishtirokida olib borilmoqda.

Bugun qisqa muddatli o`quv kurslarini tugatgan 50 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.

Eslatib o`tamiz, xorijda ishlab qaytgan va o`z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolar qisqa muddatli o`quv kurslarida ishtirok etish yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar