2020 yil 24 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 012 (+89) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Jizzax viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 29 nafar, Sirdaryo viloyatida 13 nafar, Surxondaryo viloyatida 10 nafar, Farg`ona viloyatida 22 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar,Toshkent viloyatida 34 nafar, Toshkent shahrida 51 nafar, jami 214 nafar bemor tuzaldi.
Jami sog`ayganlar 62 247 nafarga etdi. 2 220 nafar bemor esa davolanmoqda.






