AsosiyJamiyat

“Abdumo`min akani tongda ishga kuzatganimcha, qaytib ko`rmadim...”

2015 yilning 31 dekabrida soat millari Yangi yil kirib kelganidan darak berib bong urishidan bir necha daqiqa avval, Prezidentimizning bayram tabrigini o`qib, teletomoshabinlarni televizor qarshisiga “mixlagandi”. Oradan hech qancha vaqt o`tmay internet tarmoqlarida noxush xabar tarqaldi. Abdumo`min O`tbosarov yurak xuruji sabab olamdan o`tibdi... Hech kimning ishongisi kelmasdi. Shunchaki, mish-mish bo`lib chiqishini istaganimiz afsuski haqiqat bo`lib chiqdi...      

Bayram kuni hamma qatori, Abdumo`min O`tbosarovning oila a`zolari ham Yangi yilga o`zgacha taraddud ko`rishayotgandi. Biroq... 31 dekabr tongida “Bayram dasturini yozishimiz kerak. Ishimni tugatib qaytaman va bayram dasturxoni atrofida Yangi yilni jumul-jam bo`lib kutamiz”, deb ishga ketgandilar, - deydi Go`zal opa ko`ziga yosh olib.

 - Sog`ligidan doim xabardor edim, sira yuragi bezovta qilganini aytmagan. Shunday bo`lganida ham albatta, bu haqda bilgan va darhol chorasini ko`rgan bo`lardim. Chunki biror muammo yuz bersa, birinchi bo`lib  menga aytar, men bilan maslahatlashardilar. Oramizda sir yo`q edi. O`sha kuni tongda ishga kuzatganimcha, u kishini qaytib ko`rmadim... O`sha kuni  televideniedan qo`ng`iroq qilib, “Abdumo`min akani tobi qochib qolgani bois stasionarga olib ketishdi. Lekin siz xavotir olmang, ahvoli og`ir emas”, deyishdi. Stasionarga etib borsam, u er qabul qilmagani uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining reanimasiya bo`limiga yotkizishgan ekan. O`sha erda jon berdilarmi yo avvalroqmi buni bilolmadim...” deydi suxandonning rafiqasi.   

Oliy toifali suxandon, O`zbekiston xalq artisti Abdumo`min O`tbosarov hotirasiga tayyorlangan “So`nggi tabrik, so`nggi diydor... Yoxud Abdumo`min O`tbosarovni xotirlab”, sarlavhali maqolani “Darakchi”ning 14 yanvar kuni 2-sonida o`qishingiz mumkin.

O`tkazib yubormang!

 

    Boshqa yangiliklar