AsosiyJamiyat

Imtiyozli narxda un olib berishni va`da qilib fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Imtiyozli narxda un olib berishni va`da qilib fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. va boshqalar tumandagi “Guliston” va “To`racheki” MFY larda yashovchi fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga imtiyozli narxlarda “Andijondonmahsulotlari” AJdan un olib kelishni va`da qilib, 354 nafar fuqaroning 49 mln so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan A.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 
168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar