AsosiyJamiyat

Andijonlik o`smirlar "yulduz" bo`lish istagida Xotira hiyobonida qilgan buzg`unchiliklarining videosini tarqatishdi (video)

'Andijonlik o`smirlar "yulduz" bo`lish istagida Xotira hiyobonida qilgan buzg`unchiliklarining videosini tarqatishdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shahar ko`chalarida ko`ngli tusagan ishni qilgan yigitchaning qiliqlari aks etgan video tarqaldi.

 Video haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi. Ammo, bu mashhurlik ularga la`nat olib keldi. To`g`rirog`i, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shu ma`nodagi izohlarini qoldirishdi. 

Essiz qancha mablag`, mehnat, eng muhimi insonlarga qulay bo`lsin deya qilingan sharoitlar... Video bu buzg`unchi bolaning  taribyasida jiddiy kamchiliklar borligini nomayon qildi. Oqibati nima bo`ldi? 

Andijon viloyati IIBning ma`lum qilishicha, video 18 yoshli, hech qanday foydali ish bilan shug`ullanmaydigan uch o`smir tomonidan viloyat Xotira hiyobonida suratga olingan. Ular ushbu ishlari uchun  Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli bandlari bilan javobgarlikga tortildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar