AsosiyJamiyat

Bugun Andijondan Toshkentga chiqadigan yo`lovchi poezdi nosozlik tufayli kechroq jo`nab, kechroq poytaxtga etib kelishi ma`lum qilindi

'Bugun Andijondan Toshkentga chiqadigan yo`lovchi poezdi nosozlik tufayli kechroq jo`nab, kechroq poytaxtga etib kelishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun Andijon-Toshkent yo`nalishida harakatlayotgan 61-sonli yo`lovchi poezdining elektrovozida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli, mazkur poezd Andijon vokzalidan jadvalda belgilangan vaqtidan biroz kechroq jo`nab ketdi. Bu  haqda "O`zbekiston temir yo`llari" ma`lum qildi.

Shu bois, ushbu poezdning Toshkent Markaziy vokzaliga kirib kelish vaqtida ham o`zgarish bo`lishi kutilmoqda.

Yuzaga kelgan noqulaylik tufayli "O`zbekiston temir yo`llari" AJ rahbariyati yo`lovchilardan uzr so`ramoqda.

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar