Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1 noyabridan karantin choralari kuchaytirilishi haqida asossiz axborotlar tarqalmoqda. Bu xabarlar haqiqatdan uzoq, ya`ni feyk ekanligi ma`lum qilindi.
Eslatib o`tamiz, bu kabi yolg`on xabarlar orqali aholi orasida vahima qo`zg`ashga urinishlarga tegishli tartibda javobgarlik ko`zda tutilgan.
O`z salomatligingizga e`tiborli bo`ling. Pandemiyaga sabab bo`lgan virus gigienadan qo`rqishi kundek ravshan bo`lib qoldi. O`zingizni ehtiyot qilish kasallikni davolashdan osonroq.
Yolg`on axborotlar ham kishiga ongni manipulyasiya qiluvchi dori kabi ta`sir qiladi. Shu sababdan feyk xabarlarga ko`r-ko`rona ishonish va ularni tarqatishdan ehtiyot bo`lish lozim.






