2020 yil 25 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 307 (+107) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,
Andijon viloyatida 14 nafar,
Jizzax viloyatida 12 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
Navoiy viloyatida 6 nafar,
Namangan viloyatida 17 nafar,
Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
Toshkent shahrida 87 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 62 509 (+167) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 249 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






