AsosiyJamiyat

81 kishida koronavirus aniqlandi, 2 bemor vafot etdi

'81 kishida koronavirus aniqlandi, 2 bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 25 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 388 (+81) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shu bilan birga hududlarimizd 273 bemor kasallikdan tuzalib uyiga kuzatildi.

Shunday qilib yurtimizda 62 615 (+273) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 224 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar