1

O`zbekistonda ajrim holatlari o`tgan yilga nisbatan kamroq qayd etilgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 26.10.2020, 12:11
O`zbekistonda ajrim holatlari o`tgan yilga nisbatan kamroq qayd etilgani ma`lum bo`ldi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 9 oyida respublika bo`yicha 19 970 ta ajrim holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 608 taga kam.

Yillar kesimida (yanvar-sentyabr holatiga) ajrimlar soni:

- 2017 yil – 23,6 ming

- 2018 yil – 23,8 ming  

- 2019 yil – 23,6 ming  

- 2020 yil – 20,0 ming

 O`tgan 9 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo`yicha Toshkent shahri – 2746 ta, Andijon – 2271 ta, Toshkent – 2074 ta, Samarqand – 2058 ta va 1988 ta bilan Farg`ona viloyatlari yuqori o`rinni egallagan.

️Ma`lumot o`rnida respublika bo`yicha 9 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (669 ta) viloyatida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1