AsosiyJamiyat

Ikki nafar voyaga etmagan farzandini o`ylagan ota aliment to`lashni emas, oilasini tanladi

'Ikki nafar voyaga etmagan farzandini o`ylagan ota aliment to`lashni emas, oilasini tanladi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo`limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 24.03.2020 yildagi sud buyrug`iga ko`ra,  qarzdor M.Rashidovdan undiruvchi G.Badiryan foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandi ta`minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarinig 1/3 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati 24.03.2020 yilda kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro hujjati qo`zg`atilib, qo`zg`atish qarori qarzdor  otaga ijro qilishlik uchun yuborilgan. Bu haqda MIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan majburiyatnoma olingan va qarzdorning nomidagi mol-mulklariga band solingan.  Davlat ijrochisi O.Kenjaev va mahalla fuqarolar yig`ini bilan birgalikda olib borilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida qarzdor va undiruvchi yarashtirildi. Sud qarori bilan ajrimda bo`lgan oila tiklandi, farzandlar ota-onasi bag`rida ulg`ayadigan bo`ldi.   

    Boshqa yangiliklar