2020 yil 26 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 577 (+97) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 nafar,
- Andijon viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 8 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 15 nafar,
- Toshkent shahrida 76 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 62 742 (+127) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 283 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






