AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirusdan davolanishda talab yuqori bo`lgan «Remdesevir 100 mg» dorisining bir qutisini 750 ming so`mdan sotayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Toshkentda koronavirusdan davolanishda talab yuqori bo`lgan «Remdesevir 100 mg» dorisining bir qutisini 750 ming so`mdan sotayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat rahbarining topshirig`iga asosan, xalqimiz uchun sinovli kunlarda kundalik ehtiyoj mahsulotlarining taqchilligi yuzaga kelishi va narxlarning ko`tarilib ketishiga aslo yo`l qo`ymaslik, aholini oziq - ovqat mahsulotlari va dori - darmonlar bilan uzluksiz ta`minlash, narx-navo barqarorligini saqlash choralari ko`rib kelinmoqda.

Shu bilan birga, butun dunyo barobarida xalqimiz boshiga kelgan og`ir kunlarda, har jihatdan Vatanimiz, elimiz manfaatlarini himoya qilish, mehr-muruvvat va sahovatpeshalik ishlarida qatnashish, ko`pning dardini engil qilish ishlarida ishtirok etmasdan, koronavirus kasalligiga duchor bo`lib og`ir ahvolda qolgan, dorilarga muhtoj bo`lganlarning da`vo topish rizqini qiygan, nafs balosi, pul topishning qing`ir yo`llarini o`ziga ravo ko`rgan g`araz niyatli kimsalar ham uchrab turibdi.

Hozirgi kunga prokuratura organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan moddiy boylik orttirish maqsadida jinoyatga qo`l urgan bunday  shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yilmoqda. Bosh prokuratura Matbuot xizmati ana shunday holatlar yuzasidan ma`lumotlar taqdim etdi.

Jumladan, Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi 24.10.2020 yilda fuqaro M.A.ning murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A., Q.N. va B.D.lar «Koronavirus» pandemiyasi tufayli aholi tomonidan iste`mol talabi yuqori bo`lgan xorijda ishlab chiqarilgan 85 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasining har bir qutisini 750 ming so`mdan hisoblab, jami 6.200 AQSh dollariga fuqaro M.A.ga dorixonadan tashqarida qonunga xilof ravishda sotishgan vaqtda ushlanib, ulardan 85 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi, bundan tashqari, B.D.ning boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli davlat raqam belgisi 01 772 DFA bo`lgan avtomashina ko`zdan kechirilganda, avtomashinaning salonidan 135 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi, jami taxminiy qiymati 165 mln so`mlik 220 quti «Remdesevir 100 mg» dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda fuqaro A. Yu., ariza muallifi S.X.ga “Indvir” 100 ml nomli dori vositasini har bir qutisini 100 AQSh dollaridan hisoblab, 100 quti “Indvir” 100 ml nomli dori vositasini jami 10.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan va tadbirda fuqaro A.Yu.dan jami 108 quti 74,2 mln. so`mlik “Indvir” dorisi ashyoviy dalil tariqasida olib qo`yilgan.          

Bundan tashqari, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro M.P.ning arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.X. boshqalar bilan til biriktirib, dori vositalarini narxlarini sun`iy ravishda oshirib, M.P.ga hech qanday hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan “Propinem 100 mg” dori vositasini har bir donasini 90 ming so`mdan 500 donasini jami 45 mln so`mga, “Meropenem 1ml flakonda” dori vositasini har bir donasini 50 ming so`mdan 1.000 donasini jami 50 mln. so`mga va “Bisiklol 25 mg” har bir qutisini 265 ming so`mdan 300 qutisini jami 79,5 mln. so`mga, hammasi bo`lib 3 hil turdagi dori vositalarini 174,5 mln. so`mga sotishga kelishib, undan 13.550 AQSh dollari va 34,9 mln. so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar