AsosiyJamiyat

Andijon shahar hokimining fuqaroga er berish haqidagi noqonuniy qarori bekor qilindi

'Andijon shahar hokimining fuqaroga er berish haqidagi noqonuniy qarori bekor qilindi'ning rasmi

Andijon shahar adliya bo`limi tomonidan joriy yilning 5 oktyabrida ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon shahar hokimligi chiqarayotgan qarorlar qanchalik qonuniy?” nomli maqolasi o`rganib chiqildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati.

Xususan, maqolada Andijon shahar hokimining 2020 yil 11 sentyabrdagi  403-q-son qarori bilan Andijon shahar 2-tor X.Niyoziy ko`chasi 5-uyda yashovchi  fuqaro Ro`ziev Mansurbekka, 6-tor X.Niyoziy ko`chasi 14-maydon 200,0 kv.metrdan iborat er maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda ajratib berilganligi ko`rsatilganligi bayon etilgan edi.  

O`rganish davomida, Andijon shahar hokimi  O`zbekiston Respublikasi Er kodeksining 7-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari berish va er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizasiya qilish tartibi to`g`risida”gi Nizom talablariga zid ravishda 2020 yil 11 sentyabrda 403-q son qarori bilan Andijon shahar 2-tor X.Niyoziy ko`chasi 5-uyda yashovchi fuqaro Ro`ziev Mansurbekga, shahar hokimligi zaxirasida bo`lgan 6-tor X.Niyoziy ko`chasi 14-maydon 200,0 kv.metrdan iborat (kv.116b, uch1008a) er maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun auksionsiz ajratib berilganligi aniqlanib, ushbu holat bo`yicha shahar hokimining 2020 yil 11 sentyabrdagi qonun hujjatlariga zid bo`lgan 403-q-son qaroriga nisbatan protest keltirish uchun Andijon shahar prokuraturasiga 2020 yil 8 oktyabr kuni 1-60/11-7/418-sonli taklif kiritildi.  

Andijon shahar prokuraturasi tomonidan adliya bo`limi taklifi ko`rib chiqilib, hokimlika 2020 yil 13 oktyabrda 10.2/273-q-20-sonli protesti kiritildi. Bundan tashqari Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shahar hokimi nomiga yuqoridagi qarorni bekor qilishni so`rab 2020 yil 12 oktyabrda 06-02-13/35-sonli taqdimnoma kiritildi.  

Andijon shahar hokimligi tomonidan viloyat adliya boshqarmasining taqdimnomasi hamda shahar prokurorining protesti asosida 2020 yil 19 oktyabrdagi 444-q-son qarori bilan 2020 yil 11 sentyabrdagi qonun hujjatlariga zid bo`lgan 403-q-son qarori bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar