AsosiyJamiyat

Rossiyadan 150 nafar o`zbekistonlik avtobuslarda olib kelinmoqda

'Rossiyadan 150 nafar  o`zbekistonlik avtobuslarda olib kelinmoqda'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 22 oktyabr kuni O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan hamyurtlarimizni Rossiya Federasiyasidan olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 3 ta avtobus Ekaterinburg shahriga jo`nab ketgan edi.

Avtobuslar belgilangan rejaga muvofiq o`z vaqtida manzilga etib bordi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Ekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqaro O`zbekistonga olib kelinmoqda. 

Transport vazirligi xabar berishicha, ayni damda Qozog`iston Respublikasi hududida bo`lgan avtobuslar bir necha soatlardan so`ng O`zbekistonga kirib keladi.

    Boshqa yangiliklar