AsosiyJamiyat

Namanganda sodir bo`lgan uchta YTHda uch nafar odam halok bo`ldi

'Namanganda sodir bo`lgan uchta YTHda uch nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

23 oktyabr kuni soat 19:00 larda, Pungon-Pop yo`lining 32 km.da VAZ-2107 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, jabrlanuvchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. 

Shu kuni soat 20:30 larda Namangan tumani Anjirzor MFY ichki yo`lida, Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi qo`shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og`ir darajali lat eyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, 24 oktyabr kuni soat 09:00 da vafot etgan.

24 oktyabr kuni soat 19:30 larda Qandiyon-Kosonsoy yo`lining 4 km.da VAZ-2106 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, shu yo`nalishda o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan T-40A rusumli tirkamali traktorining orqasiga urilgan.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya og`ir yopiq shikasti, miya komasi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlashtirish bo`limiga yotqizilib, ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Ushbu holatlar bo`yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda va jinoyat ishi ko`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar