“Angren shakar” va “Xorazm shakar” ma`suliyati cheklangan jamiyatlari shu kunlarda ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo`shatishni boshladi. Bu haqda O`zA "Angren shakar" MChJ matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.
Ayni paytgacha, 130 nafardan ziyod xodim ishdan bo`shatilgan. Ularning ma`lum qilishicha, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo`shatishni mo`ljallagan.
Ma`lum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi tug`ilmoqda.