AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "Neksiya" yuqori tezlikda "Niva Shevrolet"ga borib urildi va ikkala mashina ham butunlay yonib ketdi (foto)

'Sirdaryoda "Neksiya" yuqori tezlikda "Niva Shevrolet"ga borib urildi va ikkala mashina ham butunlay yonib ketdi (foto)'ning rasmi

Kecha, 26 oktyabr kuni soat 18:45 larda haydovchi A.N "Neksiya" rusumli avtomashinasini Oqoltin tumani hududidan o`tgan 4R33 avtomobil yo`lining 9 kilometrida Guliston-Uchtom yo`nalishi bo`yicha boshqarib ketayotib tezlik yuqori bo`lganligi sababli rul boshqaruvini yo`qotib qarama-qarshi harakatlanish bo`lagiga o`tib ketib, ushbu yo`nalishda kelayotgan "Niva Shevrolet" rusumli transport vositasi bilan to`qnashib yo`l transport xodisasi sodir etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, YTH natijasida yong`in kelib chiqib, transport vositalari butkul yonib ketgan.

Haydovchilarga yong`indan zarar etmagan, YTX natijasida xaydovchilar engil tan jaroxati olib Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Transport vositalari tezligini me`yoridan oshirish turli ko`ngilsizliklarga sabab bo`lishi mumkin. Bu bois barcha haydovchilardan avtomobil boshqarganda belgilangan me`yorlarga amal qilishlarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar