Ijtimoiy tarmoqlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi askarlarining paxta terimiga jalb qilinganligi to`g`risida xabar tarqaldi. Bu yuzadan vazirlik axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Xabarda aytilishicha kuni kecha internet resurslaridagi manbalarda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi askarlarining paxta terimiga jalb qilinganligi to`g`risidagi xabar asossiz.
"Xabaringiz bor, ayni mavzuda vazirlik tomonidan bir necha bor bu kabi feyk xabarlarga e`tibor qaratmaslikni so`rab, rasmiy xabarlar berilgan edi.
FVV rasmiy xabarida aytilishicha, ayni vaqtda FVV tizimidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar o`z xizmat vazifalarini bajarishmoqda. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolarimizdan tarqalayotgan asossiz, noto`g`ri xabarlarga e`tibor qaratmaslikni so`rab qoladi.






