Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Qo`qon – Namangan poezdi provodniklari yo`lovchilardan pul olyapti, lekin chipta berishmayapti. Yig`ilgan pul qaerga ketmoqda?” sarlavha ostida video tarqalmoqda.
Mazkur holat bo`yicha mavjud vaziyatni o`rganish va xizmat tekshiruvini o`tkazish uchun zudlik bilan «O`ztemiryo`lyo`lovchi» aksiyadorlik jamiyati ma`sullaridan tuzilgan komissiya holat bo`lib o`tgan joyga chiqarildi. Bu haqda AJning rasmiy telegram kanalida xabar berildi.
Xizmat tekshiruviga asosan xizmat yo`riqnomasi buzilganligi holati aniqlansa, aybdorlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligida ko`rsatilgan tartibda jazo qo`llanilishi ma`lum qilindi.
27.10.2020 08:20
“Qo`qon – Namangan poezdi provodniklari yo`lovchilardan pul olyapti, lekin chipta berishmayapti" deyilgan xabarga mas`ullar izoh berdi






