1

Xorijda ishlab kelib tadbirkorlik qilmoqchi bo`lgan mehnat migrantlari uchun Toshkent xalqaro Vestminster universitetida o`quv kurslari tashkil etilmoqda

Jamiyat 27.10.2020, 16:25
Xorijda ishlab kelib tadbirkorlik qilmoqchi bo`lgan mehnat migrantlari uchun Toshkent xalqaro Vestminster universitetida o`quv kurslari tashkil etilmoqda

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`z biznesingizni boshlash istagi bo`lgan xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarini  tadbirkorlik asoslariga o`qitish uchun qisqa muddatli (bir haftalik) o`quv kurslariga taklif etmoqda.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlikka o`qitish maqsadida Toshkent xalqaro Vestminster universiteti o`quv kurslari tashkil etilmoqda. Tinglovchilar uchun yotoq joy, uch mahal ovqat va boshqa sharoitlar yaratilgan. O`quv, trening mashg`ulotlari mazkur universitetning yuqori malakali trenerlari tomonidan olib boriladi. O`quv kursini tamomlagan tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.

O`quv kurslarida ishtirok etishni xohlovchi mehnat migrantlari 2020 yilning 31 oktyabr kuniga qadar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining (71) 200-33-55 (ichki raqam 30) yoki +998909712277, +998901605149 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1