1

Sinf rahbarligi uchun to`lovlar 1,5 baravarga oshiriladi

Jamiyat 27.10.2020, 16:37
Sinf rahbarligi uchun to`lovlar 1,5 baravarga oshiriladi

Mazkur yangilikni ko`zda tutadigan mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Farmon loyihasi muhokamaga qo`yilgan.

Hujjat loyihasiga ko`ra, umumta`lim muassasalari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun to`lovlar 1,5 baravarga oshirilishi, 2021 yilning 1 aprelidan boshlab hududiy xalq ta`limi bo`linmalari metodistlarining ish haqi miqdori oliy toifali o`qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtirilishi ko`zda tutilgan.

Ayni damda Farmon loyihasining muhokamasi yo`lga qo`yilgan bo`lib, Xalq ta`limi vazirligi fuqarolarimizdan unda o`z fikr va mulohazalari bilan faol  ishtirok etishlarini so`rab qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1