1

Andijonda avtomobillarga gaz to`ldirish vaqti uchun cheklov belgilandi

Jamiyat 27.10.2020, 16:52
Andijonda avtomobillarga gaz to`ldirish vaqti uchun cheklov belgilandi

“Hududgaz Andijon” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatini ma`lum qilishicha, ulgurji tabiiy gaz iste`molchilari, qish mavsumida tabiiy gazni etkazib berishda texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog`liq ishlar bajarilishi munosabati bilan, Andijon viloyatiga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda. 

Shu sababli etkazib berilgan tabiiy gaz taqsimotiga ko`ra, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz ravishda ta`minlashga qaratilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalariga tabiiy gazni etkazib berish joriy yilning 27 oktyabridan har kunlik ertalab soat 06:00dan kech soat 16:00ga qadar belgilandi.

" - Viloyatimizdagi barcha haydovchilardan o`z avtoulovlariga gaz to`ldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 16:00 vaqt oralig`ida gaz to`ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so`raymiz.

Shuningdek, viloyatimizdagi mavjud 81 ta avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalari avtomobillarga mazkur vaqt oralig`ida yoqilg`i etkazib berish quvvatiga ega ekanligini eslatib o`tamiz," deyiladi xabarda. 

 

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1