1

Madaniyat vazirligi Shafoatxon Rahmatullaevaning salomatligidan xavotirlanishga asos yo`qligini ma`lum qildi

Jamiyat 27.10.2020, 17:48
Madaniyat vazirligi Shafoatxon Rahmatullaevaning salomatligidan xavotirlanishga asos yo`qligini ma`lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Shafoatxon aya Rahmatullaeva og`ir ahvolda jonlantirish bo`limida yotganliklari haqidagi xabar tarqalgan edi.

 Madaniyat vazirligi aktyorning oila a`zolari bilan bog`lanib ahvoli yaxshilanganligini, hozir onaxon aktrisa Farg`ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining oddiy palatasida muolaja olayotganligini aniqlagan.

Vazirlik xabarida onaxon aktrisamiz Shafoatxon Rahmatullaeva tezroq tuzalib ketishlariga tilakdoshligi bildirilgan.

Eslatib o`tamiz, Shafoatxon Raxmatullaeva o`z ijodiy faoliyati davomida 150 dan ziyod turli xarakterdagi rang-barang, katta-kichik va betakror rollarni ijro etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1