1

O`zbekistonda koronavirus bilan 3 ta hududda 99 kishi zararlandi

Jamiyat 27.10.2020, 18:15
O`zbekistonda koronavirus bilan 3 ta hududda 99 kishi zararlandi

2020 yil 27 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 881 (+116) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 99 nafari Toshkent shahrida,  11 nafari Jizzax viloyatida,  6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:  

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,  
  • Andijon viloyatida 13 nafar,  
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,  
  • Jizzax viloyatida 9 nafar,  
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,  
  • Namangan viloyatida 34 nafar,  
  • Samarqand viloyatida 5 nafar,  
  • Sirdaryo viloyatida 16 nafar,  
  • Surxondaryo viloyatida 12 nafar,  
  • Farg`ona viloyatida 5 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 4 nafar,  
  • Toshkent shahrida 52 nafar bemor tuzaldi.  

 

Shunday qilib, yurtimizda 63 044 (+168) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 281 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1